Uzum nasiya orqali xarid qilganingizda siz doimo qarzdorligingizni aniq qiymatini bilasiz. Hech qanday yashirin to'lovlar (hattoki kechikkanlik uchun) yo'q.
Ro'yxatdan o'tish jarayoni veb-saytda yoki mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi bosqichlarni o'tishingiz kerak:
1. Ish haqi plastik kartasiga SMS-xabarnoma xizmati o'rnatilgan telefon raqamini kiriting;
2. Ish haqi plastik kartasining raqamini va telefoningizga yuboriladigan bir martalik SMS-kodni kiriting. Tizim ish haqi kartasidagi daromad va xarajatlarni tahlil qilish asosida limitni avtomatik ravishda belgilaydi;
3. Pasportingizning fotosuratini oling, shuningdek pasportingiz bilan selfi suratini oling. Shuni ta'kidlash kerakki, barcha ma'lumotlar kompaniyaga shifrlangan shaklda taqdim etiladi. Muhim: Sizning telefon raqamingiz, kartadagi SMS xabarnoma ulangan telefon raqami va pasport egasi va plastik karta egasi bir-biriga to'liq mos kelishi kerak.
Kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan tizim plastik kartadagi daromad va xarajatlar asosida avtomatik ravishda to'lov limitini belgilaydi. Agar oylik daromadingiz 1 million so'mdan kam bo'lsa yoki boshqa kreditlar bo'yicha muddatidan o'tgan majburiyatlaringiz bo'lsa yoki boshqa do'konlarda va tizimlarda o'z vaqtida to'lanmagan shartnomalaringiz bo’lsa sizga ro’yxatdan o’tish rad etiladi va 3 oydan keyin yana bir bor urinib ko’rinishingiz mumkin bo’ladi.
Ha, to'lov tarixingiz yaxshilanganligi sababli siz qayta ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, bunda:
1. So'nggi 6 oylik ish haqi 1 million so'mdan oshsa;
2. Barcha qarzlaringiz qaytarilgan bo’lsa;
3. Siz tovar va xizmatlarni muddatli to’lov asosida sotuvchi boshqa do'konlarga va tizimlarga qarzlarni to'lagan bo’lsangiz.
Agar sizda bir nechta plastik karta mavjud bo'lsa, unda oxirgi 6 oy ichida eng ko'p pul tushumiga ega kartani ko'rsatishingiz ma’qul, chunki tizim sizning to'lov qobiliyatingizni aynan shu karta orqali tahlil qiladi.
Agar siz tanlagan mahsulot belgilangan limitdan qimmatroq bo'lib chiqsa, bu muammo emas. To'lov limiti va tovarlarning narxi o'rtasidagi farq sizning shaxsiy hisobingizdagi mablag’lar orqali qoplanishi mumkin. Ushbu miqdor sotib olingandan so'ng avtomatik ravishda ushlab qolinadi va unga qo'shimcha to'lov olinmaydi. Masalan, ro'yxatdan o'tgandan so’ng sizga
3 000 000 so'm limit belgilandi. Siz tanlagan mahsulot narxi 3 500 000 so'm deylik. Siz shaxsiy hisobingizni to'ldirish uchun 500 000 so'm miqdorida mablag' to’lashingiz kerak. Sotib olgandan keyin ushbu summa avtomatik ravishda shaxsiy hisobingizdan yechiladi. Qarz qoldig'i 3 000 000 so'mni tashkil qiladi. To'lov jadvali, shuningdek, 3 000 000 so'm miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. 500 000 so'm uchun xech qanday ortiqcha to'lov yo'q.
Sizning vaqtingizni tejagan holda, kompaniya ofisiga yoki bank tarmog’iga borish zaruratini oldini olgan holda barcha to'lovlar avtomatik ravishda plastik kartadagi mablag'larni hisobdan yechish yo'li bilan amalga oshiriladi.